Yo'nalishlar

Yo'nalishlar katalogi

Yo'nalishlar

Shaharlar, mamlakatlar va sayohat ilhomi uchun tanlangan joylar.

5 ta yo'nalishTur paketlar bilan bog'langan
Toshkent Teleminorasi

Toshkent Teleminorasi

Toshkent shaxri, Oʻzbekiston

Toshkent teleminorasi 375 metr balandlikka ega bo‘lib, Markaziy Osiyodagi eng baland inshootlardan biridir. Bu yerda kuzatuv maydonchasi mavjud bo‘lib, shahar manzarasini balandlikdan tomosha qilish mumkin. Shuningdek, minorada milliy taomlar restorani ham joylashgan.

1 ta tur paketBatafsil
Chorsu bozori

Chorsu bozori

Toshkent shaxri, Oʻzbekiston

Toshkentning eng qadimiy bozorlaridan biri bo‘lgan Chorsu bozori — sharqona ruhni his qilish uchun eng yaxshi joy. Bu yerda turli milliy taomlar, yangi mevalar, ziravorlar, shuningdek, hunarmandlar yasagan buyumlarni topishingiz mumkin. Bozordagi rang-baranglik, savdolashish madaniyati va jonli muhit sizni o‘ziga rom etadi. Bu joy Toshkentni haqiqiy sharqona shahar sifatida kashf etishga yordam beradi.

Batafsil
Amir Temur maydoni 5.0

Amir Temur maydoni

Toshkent shaxri, Oʻzbekiston

Toshkentning markazida joylashgan Amir Temur maydoni shahar hayotining yuragi hisoblanadi. Bu yerda buyuk sarkarda Amir Temur haykali qad rostlagan bo‘lib, uni o‘rab turgan zamonaviy inshootlar va xiyobonlar Toshkentning kechagi tarixi bilan bugungi taraqqiyotini birlashtiradi. Maydon sayr qilish, suratga tushish va shahar ruhini his qilish uchun eng mashhur manzildir.

Batafsil
Mustaqillik maydoni

Mustaqillik maydoni

Toshkent shaxri, Oʻzbekiston

Toshkentning markazida joylashgan Mustaqillik maydoni – O‘zbekistonning eng muhim ramziy maskanidir. Bu yerda “Mustaqillik va Ezgulik” monumenti, “Xotira maydoni”, hukumat binolari va chiroyli favvoralar joylashgan. Ayniqsa, kechqurun yoritilgan maydon turli tadbirlar va sayohatchilar uchun ajoyib manzara taqdim etadi.

Batafsil
Hazrati Imom majmuasi

Hazrati Imom majmuasi

Toshkent shaxri, Oʻzbekiston

Hazrati Imom majmuasi — Toshkentning eng muqaddas maskanlaridan biri. Bu yerda islom olamining eng qadimiy Qur’on nusxalaridan biri — Usmon Mushafi saqlanadi. Majmua hududida masjid, madrasa va kutubxonalar joylashgan bo‘lib, qadimiy me’morchilik uslubi sayyohlarni o‘ziga rom etadi. Bu joy nafaqat diniy markaz, balki tarixiy va ma’naviy merosni his qilish uchun betakror manzildir.

Batafsil