Hamkorlar
Hamkorlar uchun ko'p beriladigan savollar
Hamkor agentliklarimiz uchun ko'p so'raladigan savollarga javoblar.TripMarket nima va u qanday ishlaydi?
TripMarket — bu tur agentliklar uchun mijoz topib beruvchi marketplace platforma. Siz tur paketlarni joylaysiz, foydalanuvchilar ularni bron qiladi va siz mijozlarga xizmat ko‘rsatasiz.
Kimlar hamkor bo‘lishi mumkin?
Rasmiy faoliyat yuritayotgan tur agentliklar va turizm xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar hamkor bo‘lishi mumkin.
Qanday qilib hamkor bo‘laman?
Platformada ariza qoldiring — TripMarket operatorlari siz bilan bog‘lanib, keyingi bosqichlar bo‘yicha yordam beradi.
TripMarket qanday foyda beradi?
Yangi mijozlar oqimi Onlayn sotuv kanali Marketing xarajatlarini kamaytirish
Komissiya qanday ishlaydi?
Komissiya mijoz tomonidan to‘lanadi (service fee sifatida). Siz — hamkor sifatida to‘liq summani olasiz.
To‘lovlar qanday amalga oshiriladi?
Foydalanuvchi platformaga integratsiya qilingan xavfsiz to‘lov tizimlari (Click, Payme va boshqalar) orqali to‘lov qiladi. Siz xizmatni to‘liq ko‘rsatganingizdan so‘ng, mablag‘ sizning TripMarket balansingizga tushadi. Shundan keyin uni yechib olish uchun so‘rov qoldirishingiz mumkin.
Qanday tur paketlarni joylash mumkin?
Siz turizmga oid barcha paketlarni joylashingiz mumkin: dam olish, ziyorat, ekskursiya va boshqalar.
Mijoz bilan kim ishlaydi?
Mijoz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri siz — agentlik ishlaysiz va xizmatni siz ko‘rsatasiz.
Booking bekor qilinsa nima bo‘ladi?
Bekor qilish shartlari siz tomonidan belgilanadi va har bir tur paketda ko‘rsatiladi.
Qo‘llab-quvvatlash bormi?
Ha, TripMarket hamkorlar uchun doimiy support va yordam ko‘rsatadi.
TripMarket
Sayyohlik agentliklari uchun hamkorlik taklifi
TripMarket platformasi barcha sayyohlik agentliklarini o'zaro manfaatli hamkorlikka taklif etadi. Agar siz tur paketlar taklif qilsangiz, ularni TripMarket orqali keng auditoriyaga taqdim etish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Tur paketlaringizni ko'proq mijozlarga yetkazasiz
Paketlaringizni yagona platformada joylashtirasiz
Ishonchli va shaffof hamkorlik muhitiga ega bo'lasiz
Sotuv jarayonini tez va qulay boshqarasiz
Biz agentliklarga qulay shartlar, texnik qo'llab-quvvatlash va barqaror hamkorlikni taklif qilamiz.
Telegram orqali bog'lanish