Orqaga

Toshkent shaxri -> Toshkent shaxri

KOMBO TUR - STANDARD TURPAKET & VIP TURPAKET

131
QayerdanToshkent shaxri
QayergaToshkent shaxri
Davomiylik1 kun
Yosh0+
MavsumYil davomida

Kombo tur : Kiyik ferma & Amirsoy & Chimyon & Chorvoq 🔥 📆Qachon: 14-YANVARGACHA HAR KUNI 📍Manzil: Kiyik ferma & Amirsoy & Chimyon & Chorvoq 📌Yigʻilish joyi: Paxtakor metro 🕑Yigʻilish vaqti: 6:30 ketish vaqti: 07:00 💸Narxi: 180 000 ( 20 kishilik mikro avtobus Jack ) 200 000 ( 18 kishilik komfort Mers Sprinter ) Narx oʻz ichiga oladi 🔉: 🚙Qulay transportda borish kelish 🏔️ 4 manzilga ekskursiya 🦌 Kiyik fermaga sayohat 🌊 Chorvoq suv omborida fotosessia ❄️ Amirsoy 2-Stayankasigacha chiqish ( transportda ) 🏔️ Chimyonga sayohat 📸Professional Fotosessia ✅Gid va yoʻlboshchi xizmati ☕️ Issiq choy / kofe 💊 Xavfsizlik 😇Doʻstona kayfiyat va unutilmas sayohat Narx ichiga kirmaydi ‼️: Shaxsiy xarajatlar & Kiyik fermaga kirish & Ovqatlanish & Kanadkalar ❗️ 📍Ketish Toshkent Paxtakor metrosini oldidan ( Tashkent city Mall qarama qarshi tomonidagi avtostoyanka ) ⏰ 6:30 Yigʻilish 7:00 Ketish 19:00 gacha Toshkentga kelamiz ⚠️ Ovqatlanish uchun Fayz kafesiga kiriladi ( alohida ) ⚠️ Narx 1 kishiga ! Bolalar 5 Yoshgacha oldizda ketsa bepul ! Joy olsa 12 yoshgacha sayohat narhidan 20 000 soʻm chegirma bor ! ⚠️ 1-Lokatsia Amirsoy 2 soat 2-Lokatsia Fayz kafe 1 soat ovqatlanish 3-Lokatsia Chimyon 2 soat 4-Lokatsia Chorvoq 30 daqiqa fotosessia 5-Lokatsia Kiyik fermasi 1 soat Ortiqcha harajatlar uchun ( Xohishga koʻra majburiy emas ) : 1. Kiyik fermaga kirish 50 000 kattalar 30 000 kichkinalar 2. Ovqatlanish oʻrtacha 50-60 ming 3. Chimyon kanadka ochiq kanadka 50 000 Ot 1 krug 50 000 Kvadrasikl 1 krug 50 000 4. Amirsoy kanadka 150 000 ( 1 kishiga ) ( yosh bolalar va pensionerlarga chegirmasi bor )

Mavjud sanalar

Sanalar hozircha ko'rsatilmagan.

Sanalar hozircha ko'rsatilmagan.

Bron qilish uchun agentlik bilan bog'laning.

Tur o'z ichiga oladi

5
  • Transport xizmati

  • Do’stona kayfiyat

  • Choy+kofe

  • Ekskursiya

  • Chorvoq suv omborida fotosessia

Tur o'z ichiga olmaydi

1
  • Ovqatlanish

Qo'shimcha to'lovlar

3
  • Komfort mercedes sprinter1,67 USD
  • Kiyik fermaga sayohat4,17 USD
  • Kanadka4,17 USD

Yo'nalishlar

Tur davomida tashrif buyuriladigan asosiy joylar va manzillar.

Kiyik ferma
Kiyik ferma

Kiyik fermasi — O‘zbekistonning tog‘oldi va tabiiy hududlarida joylashgan, kiyiklarni parvarish qilish va ko‘paytirishga mo‘ljallangan ekologik xo‘jalikdir. Ferma hududi tabiatga yaqin sharoitda tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda kiyiklarni yaqin masofadan ko‘rish, ularni boqish va ularning hayot tarzi bilan tanishish mumkin. Kiyik fermalari oilaviy sayohatlar, bolalar uchun qiziqarli dam olish hamda ekoturizm yo‘nalishida mashhur maskan hisoblanadi.

Chimyon
Chimyon

Chimyon — O‘zbekistonning Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan mashhur tog‘-dam olish maskani. U G‘arbiy Tyanshan tog‘larida, dengiz sathidan taxminan 1600–3300 metr balandlikda joylashgan. Chimyon o‘zining go‘zal tog‘ manzaralari, toza havosi va tabiiy landshaftlari bilan mashhur. Hudud qishda chang‘i sporti, yozda esa trekking, paraplan, tog‘ sayrlari va faol dam olish uchun qulay joy hisoblanadi.

Chorvoq
Chorvoq

Chorvoq — O‘zbekistonning Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan mashhur dam olish hududi bo‘lib, Chorvoq suv ombori atrofida joylashgan. Suv ombori G‘arbiy Tyanshan tog‘lari bag‘rida qurilgan bo‘lib, o‘zining moviy suvlari va tog‘ manzaralari bilan ajralib turadi. Chorvoq hududi yozda cho‘milish, qayiqda suzish, dam olish maskanlari va pikniklar, qishda esa tog‘ sayrlari va hordiq chiqarish uchun qulay joy hisoblanadi. Bu yer Toshkent shahriga yaqinligi sababli sayyohlar orasida juda mashhur.

Amirsoy
Amirsoy

Amirsoy — O‘zbekistonning Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan zamonaviy tog‘-kurort majmuasidir. U G‘arbiy Tyanshan tog‘larida, dengiz sathidan taxminan 1600–2300 metr balandlikda joylashgan. Amirsoy qishda chang‘i va snoubord sporti, yozda esa trekking, kanat yo‘llari va tog‘ sayrlari uchun mashhur. Hudud chiroyli tog‘ manzaralari, toza havosi va rivojlangan infratuzilmasi bilan mahalliy va xorijiy sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi.

Agentlik

Moment Travel

15,03 USD dan